Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga, sanatoriyalarda davolanishi uchun yoʻllanmalar berish, Davlat xizmatlari markazi tomonidan amalga oshirilmoqda


Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga, sanatoriyalarda davolanishi uchun yoʻllanmalar berish, Davlat xizmatlari markazi tomonidan amalga oshirilmoqda

      

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining                       2021-yil 19-noyabrdagi “Aholiga sanatoriyalarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish sohasiga axborot–texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 693-son qaroriga asosan, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga, sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha, Davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoki ularning vakillari, davlat xizmatidan foydalanish uchun, Davlat xizmatlari markazlariga kelib, murojaat etadilar yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun, YAIDXP orqali roʻyxatdan oʻtadilar. Mazkur Reglament keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga, Davlat xizmatlari markazlari orqali, sanatoriylarda davolanish uchun, yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish tartibini belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2022-yil            1-oktyabrdan boshlab:

keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun, yoʻllanmalar berish boʻyicha, davlat xizmati YAIDXP orqali joriy etildi.

      Yoʻllanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladi:

     Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

        halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlari (beva erlari);

Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;

yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar;

I va II-guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;

oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar;

yoshga doir pensiya oluvchilar.

         Davlat xizmatlari markazi, yoʻllanma tushganidan soʻng,                      10 daqiqa mobaynida, uni keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning elektron manziliga yuboradi (mavjud boʻlganda) va ularni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻzlari yoki vakillari kelib, murojaat qilgan taqdirda, ularning soʻroviga koʻra, ularga yoʻllanmani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi mumkin.

        Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ, oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning, sir saqlanishini taʼminlaydi.

                                                                       

 

                                                                                   D. Sh. Israilova

                                       Qibray tumani Davlat xizmatlari markazi                                    

                                       hisoblash texnikasi operatori