Янгиликлар
Nafaqaga chiqmoqchimisz ammo mehnat daftarchangizni yo’qotip qoyganmisz unda siqilishga xojat yo’q.
Nafaqaga chiqmoqchimisz ammo mehnat daftarchangizni
yo’qotip qoyganmisz unda siqilishga xojat yo’q.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 avgustdagi “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 495-son qaroriga asosan fuqorolarning mehnat faolyatini tasdiqlovchi mehnat daftarchasi xalq tili bilan aytganda (Turdavoyniy knijka) yo’qolgan taqdirda yoki fuqoroning ish joyi va ish haqqi miqdori tasdiqlanmagan taqdirda fuqoro Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojat qilishlari yoki YIDXP orqali elektron ravishda uyda turgan holda ariza jo’natishlari mumkin.
Bunda siz Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojat qilsangiz siz quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz kerak bo’ladi.
1.Fuqoroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (Pasport yoki ID karta)
2.Agar mehnat daftarchangiz mavjud bo’lsa mehnat daftarchasi bilan birga mavjud bo’lmagan xolatda esa siz ish joyingiz, ishga kirgan va ishdan bo’shagan yilingiz,lavoziminggiz,ishxonaggizning o’sha vaqtda faolyat yuritgan manzilini aytib kerakli malumotlarni taqdim etgan holda olishingiz mumkin bo’ladi.
YIDXP orqali uyizgizdan turgan xolatda ham xizmatdan foydalanishingiz mumkin bunda siz Mobil – ID tizimidan ro’yxatdan o’tib My.gov.uz sayti orqali kerakli malumotlarni kirgizgan holda xizmatdan foydalanishingiz mumkin.
Ushbu xizmat bo’yicha fuqorolarga xizmat ko’rsatish muddati :
Ish stajini tasdiqlashga oid maʼlumotnomalar uchun — 5 ish kunidan;
Ish haqini tasdiqlashga oid maʼlumotnomalar uchun — 20 ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Fuqoroning mobil aloqa nomeri xizmat ko’rsatish yo’nalishi orqali SMS xabarnoma uchin ulab qo’yiladi va fuqoroga xizmat ko’rsatilgach qo’l telefoniga sizga xizmat ko’rsatildi mazmunidagi SMS xabarnoma jo’natiladi.Fuqoro SMS malumotnoma kelgach ariza raqami yoki (Pasport yoki ID karta)orqali Davlat xizmatlari markzidan arizasiga javob olish uchin tashrif buyirishi yoki YIDXP orqali uyda o’tirgan xolatda ham olishi mumkin.
Davlat xizmatlari orqali berilgan ariza va ariza beruvchi shaxsi sir saqlanishi taminlanadi.
Qibray tuman Davlat xizmatlari markazi xodimi: Abdiyev
Nematjon Sanoqulovich