Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Inson huquqlari – oliy qadriyat


Inson huquqlari – oliy qadriyat

 

Qibray tumani adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil mobaynida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari manfaatini koʻzlab kiritilgan taʼsir choralari natijasida sudlarga 90 dan ziyod daʼvo arizalari kiritilgan. Sudlarga kiritilgan daʼvo arizalarining 98 foizi qanoatlantirilgan. Adliya boʻlimlari tomonidan hal etilgan masalalar qatoriga asosan mehnat huquqlarining buzilishi, pensiyaga oid muammolar, sogʻliqni saqlash sohasidagi qonun normalariga amal qilinishi, yer-mulk sohasidagi muammolar va tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga toʻsqinlik boʻlayotgan turli holatlar tashkil qiladi.

Qibray tuman adliya boʻlimida ham jismoniy va yuridik shaxslarni huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha bir ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2023-yilning 7-yanvar kuni fuqaro N.K. tuman adliya boʻlimiga Qibray tumani xokimligi tomonining kompensatsiya puli toʻlanmayotganligidan norozi boʻlib murojat qildi.

Aniqlanishicha, Qibray tuman hokimining 2019-yil 11-apreldagi
752 sonli Qaroriga asosan fuqaro N.K.ga tegishli boʻlgan dala hovli buzilishga tushgan. Biroq, shu kunga qadar Qibray tumani hokimligi tomonidan jami 33 640 000 soʻm miqdordagi yetkazilgan moddiy zarar qoplanmadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-may kunidagi 97 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkaziladigan zararlarni qoplash toʻgʻrisida”gi Nizomi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-may kunidagi 146 sonli qarori bilan tasdiqlangan
“Yer uchastkasi egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishidagi nobudgarchiliklarning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi, Qibray tumani hokimining 2019-yil 11-aprel kunidagi 752 sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgust kunidagi “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi F-5491 sonli Farmoyishi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabr kunidagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 911 sonli qarorida jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari, bino-inshoatlari va boshqa qurilmalari turgan yer maydonlari davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlar natura va kompensatsiya tarzida qoplanishi kerakligi belgilangan.

Ushbu fuqaro N.K.ning murojaati oʻrganib chiqilib, Qibray tumani hokimligiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritildi. Ushbu taqdimnomaga asosan Qibray tumani xokimligi tomonidan 33 640 000 soʻm soʻmlik kompensatsiya pullari toʻlab berildi.

Zero, Adliya boʻlimlarini tashkil etishdan asosiy maqsad ham huquqni qoʻllash amaliyotini tizimli tahlil qilish va uning izchilligi va bir xilligini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralarni ishlab chiqish, huquqiy normalarning oʻzboshimchalik bilan va notoʻgʻri talqin qilinishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan joylarda davlat organlari va boshqa tashkilotlarga huquqiy maslahatlar berish, shuningdek fuqarolarning huquq va erkinliklari ularning haqiqiy ehtiyojlari bilan bogʻliq holda taʼminlanishiga erishishdan iborat edi. Bu esa hamyurtlarimizning viloyatlar markaziga yuzlab chaqirim yoʻl bosib oʻtirmay, ularning huquqiy muammolarini ortiqcha ovoragarchiliksiz hal etishga imkon berdi. Adliya boʻlimlarining tashkil qilinganligi fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish yoʻlida katta qadam boʻldi deb ayta olamiz. Adliya boʻlimlari tomonidan yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini keng xalq ommasiga tushuntirish boʻyicha koʻplab tadbirlar amalga oshirilayotganligi yuqoridagi soʻzlarimizning dalili hisoblanadi. Bundan tashqari, tuman adliya boʻlimlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtayi nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilayotganligi koʻplab qonun buzilishlarining oldini olmoqda. Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha qonunchilikka berilgan takliflar koʻplab byurakratik toʻsiqlarni oldini olganligni koʻrishimiz mumkin.

Bundan tashqari adliya boʻlimlari tomonidan aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish borasida ham koʻplab targʻibotlar va boshqa amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, adliya boʻlimlari butun faoliyati davomida aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari tiklash boʻyicha koʻplab ishlarni amalga oshirdi.

Qibray tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslahatchisi Abdusattorov Jaxongir Jalolovich