Янгиликлар
Oʻz tamorqamizda issiqxona tashkil qilish uchun subsidiya olsak boʻladimi?
Oʻz tamorqamizda issiqxona tashkil qilish uchun subsidiya olsak boʻladimi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi “Tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha (9,9 mln soʻmgacha), sugʻorish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3,3 mln soʻmgacha) va urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha (990 ming soʻmgacha) subsidiya beriladi.
Jahongir Aliyev,
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi
boʻlim boshligʻi