Янгиликлар
Pensiya yoshiga toʻlgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga jalb etiladimi?
Pensiya yoshiga toʻlgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga jalb etiladimi?
Pensiya yoshiga toʻlgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga jalb etilmaydi, attestatsiyadan oʻtganlik muddati tugashidan qatʼi nazar ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) saqlab qolinadi hamda mazkur malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha ularga haq toʻlanadi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorda belgilab qoʻyilgan.
Shohijahon Azizboyev
Bosh maslahatchi