Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Nogironligi boʻlgan bolani parvarishlayotgan ota-onalarga qoʻshimcha qanday imtiyozlar beriladi?


Nogironligi boʻlgan bolani parvarishlayotgan ota-onalarga qoʻshimcha qanday imtiyozlar beriladi?

— Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 232- moddasiga koʻra 16 yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam boʻlmagan haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi.

Shuningdek, 16 yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ota-onaning biriga haq toʻlagan holda oyiga qoʻshimcha bir dam olish kuni beriladi. 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha davri uchun unga yakka tartibda parvarish zarurligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa mavjud boʻlganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi beriladi.  

16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani parvarishlashda band boʻlgan ona kasal boʻlib, bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish bilan band boʻlgan ishlayotgan boshqa oila aʼzolari yoki qarindoshlariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi beriladi.

 

Axror Esonboyev

Yetakchi maslahatchi