Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Tungi vaqtda fuqarolarning osoyishtaligini buzganlik uchun jarima mavjud


Tungi vaqtda fuqarolarning osoyishtaligini buzganlik uchun jarima mavjud

 

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga koʻra, tungi vaqtda – soat 23.00 dan 06.00 gacha – fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish jarima toʻlanishiga sabab boʻladi. Bunda baland ovoz bilan qoʻshiq aytish, musiqa chalish, tovush signallarini berish, xonadonlarda, turar joylarning yoʻlaklari va eshiklarida, koʻchalarda ovozi baland qilib qoʻyilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish mumkin emas.

Shuningdek, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur boʻlmagan holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish.

Yuqoridagi talablar buzulganda fuqarolarga 110 ming soʻm, mansabdor shaxslarga esa 165 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.

 

Abbosjon Mahammadjonov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi boʻlim boshligʻi