Янгиликлар
Oʻlimni qayd etish tibbiyot muassasalarida amalga oshiriladi
Oʻlimni qayd etish tibbiyot muassasalarida amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-son qarori bilan “Oʻlimni qayd etish bilan bogʻliq kompozit davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan.
Mazkur reglamentga asosan;
2022-yil 1-apreldan Toshkent shahrida, 2022-yil 1-iyuldan esa butun respublika hududida tibbiyot muassasalari tomonidan oʻlim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali oʻlim haqida tibbiy maʼlumotnoma shakllantirish tartibi joriy etiladi;
oʻlim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan maʼlumotnoma oʻlim haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Yangiyoʻl tuman FHDYO boʻlimi
2-toifali inspektori G.Urazbayeva