Янгиликлар
Tugʻilganlikni qayd etish tibbiyot muassasalarida rasmiylashtiriladi.
Tugʻilganlikni qayd etish tibbiyot muassasalarida rasmiylashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 540-sonli qaroriga qaroriga asosan tugʻilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYOga borish shart boʻlmaydi. Mazkur tartib 2023-yil 1-iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.
Endilikda bola tugʻilishi bilan, tibbiyot muassasa u va ota-onasi haqidagi maʼlumotlar, bola roʻyxatga qoʻyiladigan poliklinika va ichki ishlar boʻlimi, navbatga qoʻyiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYO boʻlimiga axborot tizimi orqali yuboradi.
FHDYO boʻlimi tugʻilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi. Muassasalar ushbu maʼlumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi.
Yangiyoʻl tuman FHDYO boʻlimi
mudirasi v.b.
F.Turgunbayeva