Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Oʻzbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va boʻlinmasdir


Oʻzbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va boʻlinmasdir

Konstitutsiyamizning 3-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining milliy-davlat va maʼmuriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.

Oʻzbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va boʻlinmasdir”, deb belgilangan. Davlat mustaqilligi unga oʻzining milliy davlat tuzilishini, maʼmuriy hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tizimini mustaqil, xalq xohish-irodasidan kelib chiqib hal etish imkoniyatini beradi.

Konstitutsiyamizda belgilangan ushbu norma asosida Oʻzbekiston ham oʻzining maʼmuriy-tuzilishini mustaqil belgilagan.

Konstitutsiyamizning 83-moddasida Oʻzbekiston viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat ekanligi mustahkamlab qoʻyilgan.

 Shuningdek, maʼmuriy hududiy birliklarni tartibga solish boʻyicha alohida qonun mavjud boʻlib, unga koʻra Oʻzbekistonning maʼmuriy hududiy tuzilishi Respublika hududining yaxlitligi va boʻlinmasligiga asoslanadi.

Konstitutsiyamizning 11-moddasida esa Oʻzbekiston davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinishi prinsipiga asoslanishi mustahkamlangan.

Iskandar Islomov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi bosh maslahatchisi