Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Davlat ijtimoiy ehtiyojmand aholini ish bilan taʼminlashda qoʻshimcha kafolatlar joriy etadi


Davlat ijtimoiy ehtiyojmand aholini ish bilan taʼminlashda qoʻshimcha kafolatlar joriy etadi

Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 96-moddasiga asosan, har kim ish beruvchiga bevosita murojaat qilish yoki mehnat organlarining bepul koʻmagi orqali, shuningdek xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari vositasida ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir.

  Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydi.

   Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

-14 yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz ota-ona, koʻp bolali oilalardagi ota-onalar;

-maktablar, kasb-hunar maktablari, kollejlar hamda texnikumlarni tugatgan yoshlar;

-“Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek OTMning grant asosidagi bitiruvchilari;

-Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmatining qoʻshinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar;

-nogironligi boʻlgan shaxslar;

-pensiyaoldi yoshidagi shaxslar;

-jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar;

-odam savdosidan jabrlanganlar.

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa shaxslar ham kiritilishi mumkin.

Bahovuddin Salayev,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi bosh maslahatchisi