Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Bola tugʻilganidan boshlab maktabga onlayn hisobga qoʻyiladi


Bola tugʻilganidan boshlab maktabga onlayn hisobga qoʻyiladi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 26-mayda eʼlon qilingan “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi   farmoniga koʻra, 2023-yil 1-sentyabrdan maktab direktoriga oʻz oʻrinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida oʻquv rejalariga 15 foizgacha oʻzgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining maktab faoliyatini tekshirish va taʼlim sifatini baholash boʻyicha vakolatlari bekor qilinad.

Shuningdek, hududlarda eng tajribali maktab direktorlaridan iborat Direktorlar kengashlari tuzilib, maktab direktorlari Direktorlar kengashi tavsiyasiga asosan hududiy boshqarmalar tomonidan ochiq tanlov asosida lavozimga tayinlanadi.

2024-yil 1-yanvardan maktab direktorlarini har 5 yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimi joriy etilishi belgilab qoʻyildi. Bunda, sertifikatsiyadan oʻta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.

Mazkur Farmonga muvofiq, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlashda tuman (shahar) maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tavsiya berish amaliyoti va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarini ishga qabul qilishda sport sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy boʻlimlari hamda sport maktablari metodistlari tomonidan yoʻllanma berish tartibi bekor qilinadi.

2024-yil 1-yanvardan bola tugʻilganidan soʻng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan maktabda onlayn hisobga qoʻyiladi, maktablarning har oʻquv yili uchun qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi.

Shuningdek, 2023/2024 oʻquv yilidan “Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil qilinadi.

 

Mirjalol Abdjalov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi yetakchi maslahatchisi