Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning koʻrsatkichlari tasdiqlandi


Maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning koʻrsatkichlari tasdiqlandi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Xalq taʼlimini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan 2022 – 2026-yillarda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning asosiy prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlangan.

Unga koʻra, maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash quyidagi mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi:

- ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar;

- Davlat byudjeti mablagʻlari;

- xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari;

- homiylik xayriyalari, xususiy sheriklar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari mablagʻlari.

Nuriddin Ismoilov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi bosh maslahatchisi