Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Ishga qabul qilinayotganda qanday hujjatlar soʻraladi?


Ishga qabul qilinayotganda qanday hujjatlar soʻraladi?

 

Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga koʻra, ishga qabul qilish chogʻida ishga kirayotgan shaxs pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat yoxud identifikatsiyalovchi ID karta (16 yoshgacha boʻlgan shaxslar esa tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki identifikatsiyalovchi ID karta) hamda oxirgi ish joyi boʻyicha tasdiqlangan qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan koʻchirma (bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno) taqdim etadi.

Oʻrindoshlik asosida ishga kirayotganlar mehnat daftarchasi oʻrniga asosiy ish joyidan maʼlumotnoma, harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma hamda oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim tashkilotini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi diplom taqdim etadi.

Shuningdek, qaysi ishni bajarish uchun faqat maxsus maʼlumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan shaxslar qoʻyilishi mumkin boʻlsa, oʻsha ishga kirish chogʻida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnoma (sertifikat) yoxud boshqa tegishli hujjat, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) va jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno.

 

Alisher Turgʻunov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi bosh maslahatchisi