Янгиликлар
Turar joyga muhtoj yetim bolalarga ular 18 yoshga toʻlgan yilda 1 xonali kvartira ajratiladi
Turar joyga muhtoj yetim bolalarga ular 18 yoshga toʻlgan yilda 1 xonali kvartira ajratiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, oʻzlariga biriktirilgan turar joyga ega boʻlmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular 18 yoshga toʻlgan yilda koʻp kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 2 xonali kvartiralar ajratilishi belgilangan.
Bunda, mazkur toifaga kiruvchi nogironligi boʻlgan bolalarga kvartiralar koʻp qavatli uylarning 3-qavatigacha ajratiladi.
Uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq 30 yoshga toʻlgungacha uni sotish huquqisiz beriladi.
Furqat Yoʻldoshev,
Toshkent viloyati adliya
boshqarmasi yetakchi maslahatchisi