Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi


Abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi “Oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlariga qoʻyilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qoʻshiladi.   Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

Baholarning oʻrtacha koʻrsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yigʻindisini oʻqitilgan fanlarga boʻlish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha oʻtkaziladi:

-86–100 % uchun – 5 baho;

-71–85 % – 4 baho;

-56–70 % – 3 baho;

-56 % gacha – 2 baho.

 

Shohrux Toshpoʻlatov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi yetakchi maslahatchisi