Янгиликлар
Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar boʻyicha qisqa muddatli kurslarda oʻqitiladi
Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar boʻyicha qisqa muddatli kurslarda oʻqitiladi
Joriy yil 20-may kuni Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga maʼsul xodimlari 3 yilda bir marta malakasini oshiradi.
Mazkur xodimlarning malakasini oshirishga Raqamli texnologiyalar vazirligi masʼul hisoblanadi. Malaka oshirish kursi 24 soatdan kam boʻlmasligi lozim, kursni taʼmomlagan xodimlar ikki oyda reyting baholashdan oʻtkaziladi.
Malaka oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar ularni yuborgan davlat organlarining mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
2023-yil 1-avgustdan davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish boʻyicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda oʻqitiladi.
Dilshod Turdmuxammadiyev,
Toshkent viloyati adliya
boshqarmasi bosh maslahatchisi