Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Shaxsning familiyasi oʻzgarganda unga diplomining dublikati beriladi


Shaxsning familiyasi oʻzgarganda unga diplomining dublikati beriladi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish buyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda uning kollej, litsey, texnikum va oliy taʼlim muassasalarida olgan diplomlari dublikati beriladi.

Diplom dublikatini olish uchun davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ariza beriladi.

Mazkur xizmatni koʻrsatish uchun BHMning 1 baravari (330 ming soʻm) miqdorda toʻlov undiriladi.

Dublikat asl hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.

 

Dilshod Turdmuxammadiyev,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi bosh maslahatchisi