Янгиликлар
Shaxsning rivojlanishida sportning oʻrni va roli
Shaxsning rivojlanishida sportning oʻrni va roli
Shaxsiy huquq bu- inson qobilyatlari, ijtimoiy hususyatlari va maxoratini erkin ravishda namoyon boʻlishiga yoʻnaltirilgan, shaxsni mustaqilligi va sogʻ-salomatligini taʼminlashga, uning ijobiy sifatlarini namoyon qilishga, davlat va jamiyat tomonidan kafolatlanadigan, qonun tomonidan tan olinadigan va fuqarolarni kelgusida yangidan vujudga keladigan yoki real mavjud, toʻlaqonli daxilsiz huquqlariga aytiladi.1
Oʻzbekiston Respublikasining Konsitutsiyasining VII-bobi Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari belgilab qoʻyilgan. Mamlakatimizda barcha fuqarolrning shaxsiy huquqlari himoyalanmoqda, rivojlanayapti, kafolatlanmoqda Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasining 16-22-moddalarida ham shaxsiy huquq va erkinliklar namoyon boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va boshqa qonunlarda shaxsiy huquqlar himoya qilingan. Shu bilan birga Oʻzbekiston respublikasi Jinoyat Kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togʻrisidagi kodeks shaxsiy huquqlarni qoʻriqlaydi.
Inson faoliyati va mashgʻulot turlari hilma xil va doirasi kengdir. Jismoniy shaxslarning mashgʻulot turini tanlash erkinligi huquqi qonunchilikda belgilangan sport bilan shugʻullanish, hususan profisional sport soxasida faoliyat yuritish har tomonlama chidam matonat va sabrni talab etadi. Prafesional sport soxasi kishilardan nafaqat jismoniy koʻrsatkichlarni talab qiladi, balki muayan huquq va majburyatlardan kelib chiqib oʻziga xos huquqiy holatda va rejimda ishlash va yashashni talab qiladi. Bunda davlat tomonidan qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar talablari bilan birga nodavlat tuzilmalar (assotsatsiyalar, federatsiyalar, klublar) tomonidan oʻrnatilgan qoidalar va talablar ham amal qiladi. Sport rivojlanish bilan bir qatorda Sport shartnomalarida sportchilarning shaxsiy huquqlarini amalga oshirida bir qancha muamolar yuzaga kelmoqda.
Rivojlanayotgan jamiyatimizda insonlarning shaxsiy huquqlarini hurmat qilish muxim axamiyatga ega. Bu qoida va talablarda sportchilar musoboqalarda yuqori natijalarga erishish uchun sport shartnomasi amal qilish mobaynida shaxsiy huquqlarini amalga oshirishni, hohish va istaklarini cheklash kabi shaxsiy huquqlar sport kontraktlari asososida cheklanishini sportchi oʻz zimmasiga oladi.. Ayni paytda bu holatlar qonunlarda koʻzda tutilmagan. Masalan: Badiiy gimnastikada, nikohga kirmaslik, farzand koʻrishdan tiyilish, figurali uchishda ovqatlanish rejimiga qatiy amal qilish, hohlagan vaqtida va joyida dam olaolmasligi talab etiladi.
Xozirgi kunda Mamlakatimizni moderinizatsiya va isloh qilish fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilayotgan vaziyatda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli isloxatlar bevosita insonlarning farovon yashashi, ularning xuquq va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqishi kafolatlanishi bilan chambarchas bogʻliqdir
Sportchining shaxsiy huquqlarini tartibga solishdagi mezonlarni belgilash, hohishlarini chegaralashi shuningdek, sportdagi faoliyati davomida oʻz imkoniyatlarini toʻliq roʻyobga chiqarishini taʼminlashga qaratilgan bir qancha savollar vujudga keladi.
Sport shartnomalarida sportchi shaxsiy huquqidan tiyilishiga oid qanday shartlarni oʻz zimmzsiga olishi mumkin?
Sportchi shaxsiy huquqlardan qancha vaqt mobaynida tiyiladi?
Sportchi sport shartnomalaridagi shartlarni buzgan holatda qanday javobgarlik choralari qoʻllaniladi?
Sportchini ushbu shaxsiy huqularni sport shartnomasi asosida chegaralanishi qanday oqibatlarga olib kelinishi mumkin
Shaxsiy huquqlar sirasiga kiruvchi shaxsiy hayotga boʻlgan huquqning mohiyati shundaki, u insoning shaxsiy hayotini oʻz erkinligi tufayli shaxsiy hayotining boshqalarga maʼlum boʻlishini istamaydigan taraflari mavjud bu shaxsning oʻziga xos suvereneteti boʻlib, uning “yashash muhiti” dagi daxilsizligi yoki sirlarini anglatadi. Bunday holda sir jamiyat tartibotiga zid yoki noqonuniy faoliyatni yashirishni anglatmaydi. Sir har bir insoning boshqalar koʻzidan nari boʻlgan oʻzining intim va ishchanlik olamiga daxildor tabiiy intilishini oʻzida aks ettirgan maʼlumotlardir.1
Shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi barcha shaxsiy masalalarni mustaqil hal qilish va oʻzga shaxslarning aralashuvini taqiqlash imkoniyatini beradi, qonunda nazarda tutilgan yoki fuqaroning oʻzi bilan kelishilgan hollar bundan mustasno. Inson yashash manzilini, kasbiy faoliyatini, insonlar oʻrtasidagi telefon, pochta, telegraf orqaliy soʻzlashuv va yozishmalarini sir tutish huquqiga ega Inson qanday faoliyat bilan shugʻullanishi va vaqtini mustaqil ravishda, oʻz hohishicha belgilashi lozim. Sport shartnomalarida sportchilar uchun sport rejimini, ish beruvchi tomonidan individual tarzda ishlab chiqilishi, nikohga kirishdan, farzand koʻrishdan oʻzini mahrum qilishi,doimiy parxezlar, tamaki maxsulatlaridan tiyilishi, optimal tarzda belgilanishi maqsadga muvofiq boʻlar edi.
I.Nasriyevning fikriga koʻra Fuqarolik qonun hujjatlari hizmat yoki tijorat siri boʻlgan axborotni, bu axborot uchinchi shaxslarga nomaʼlumligi sababli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qimmatiga ega boʻlgan, qonun yoʻli bilan undan erkin baxramand boʻlish mumkin boʻlmagan hamda axborot egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralar koʻrgan hollarda himoya etadi
Binobarin, sirdan iborat boʻlgan maʼlumotlar hajmini aniqlash huquqi insoning oʻziga tegishlidir, nimalar sir saqlash narsasi emasligi qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. Hizmat va tijorat siri qonun bilan muhofaza qi qiladi.Axborotni noqonuniy yoʻl bilan olgan shaxs yetkazilgan zararni qoplashi shart.1 Yuqoridagi fikirlarga mutloq qoʻshilgan holda shuni takidlash lozimki, sport jamoasi yoki atletning musoboqada qanday taktikadan foydalanishi, qanday jaroxatlari mavjudligi, jaroxatning ogʻirlik darajasi, oʻyinda qaysi qanotlari zaif boʻlishi haqidagi muhim sirlarni raqib jamoa mahfiy axborotdan voqif boʻlishi, sport oʻyinlarini adolatli oʻtishiga toʻsqinlik qiladi va sportning holisligiga putur yetadi.
Maxfiylikning buzilishi fuqaroning shaxsiy hayotiga daxlsiz aralashish, uning tabiiy harakatlaridagi buzilish yoki oʻzgarish shaklida ifodalanishi mumkin. Sportchining ish beruvchi tomonidan belgilangan sport rejimiga rioya qilish va sport musobaqalariga tayyorgarlik rejalarini bajarish majburiyatini belgilovchi mehnat kodeksining -moddasi qoidalariga alohida eʼtibor qaratish lozim. Sport rejimi tabiatan notoʻgʻri tushunchadir, shuning uchun qonunchilikda uning taʼrifini mustahkamlash mantiqsiz boʻlar edi. Biroq, Rossiya federatsiyasi mehnat kodeksida bunday kontsepsiyani joriy etish, qonun chiqaruvchi, hatto uning mazmuni, nima boʻlishi mumkinligi va sport rejimiga kiritilishi mumkin emasligi, ish beruvchilarga ushbu masalaning mustaqil ravishda tartibga solinishi mumkinligini eslatib oʻtmaydi.
Insoning dam olishga boʻlgan huquqidan sportchi sport rejimi tufayli oʻz hohishicha foydalana olmaydi. nafaqat sportchining mashgʻulotlari va dam olish vaqtlarining nisbati. Buni hisobga olgan holda, sport rejimi mehnat shartnomasida, sportchiga maxsus cheklovlarni oʻz ichiga olgan ish beruvchining mahalliy harakatlarida, masalan, parhez, vazn toifasini saqlash, uyda mashq qilish, chekishni taqiqlash, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish va shunga oʻxshash narsalar bilan belgilanadi.
Sportchining hohlagan vaqtda dam olmasligi, sport rejimiga qatiy rioya qilishi kabi vazifalarni sportchilarga topshirish ularning Konstitutsiyaviy huquqlarini cheklaydi bizga maʼlumki shaxsiy huquqlar faqat sud orqaliy cheklanishi mumkin
Sport rejimining buzilishi, ehtimol, sportchiga intizomiy javobgarlikni qoʻlanilishi uchun asos boʻlishi mumkin: mukofotdan mahrum qilish, sportchini zaxira futbolchilarga vaqtincha koʻchirish (kamroq oʻyin amaliyoti, sport natijalari uchun mukofot olish imkoniyati kamayishi) sport rejimining sportchilarning shaxsiy hayotiga boʻlgan huquqini amalga oshirishda cheklovlarning boʻlishi qonunchiligimizdagi boʻshliqlardan dalolat beradi. Mehnat kodeksiga sport rejimiga bagʻishlangan alohida moddalar kiritish maqsadga muvofiqdir. Bunday moddalarning meʼyorlari boshqa soxalar kabi sport rejimining mazmuni va uning asosiy tamoyillarini mustahkamlashi kerak. Sport rejimining tabiatining hal qiluvchi omili, birinchi navbatda, sportchi ishtirok etadigan sport turidir. Natijada, har bir maxsus sport uchun sport rejimi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish huquqini beruvchi sport federatsiyalari uchun qonunchilikni mustahkamlash maqsadga muvofiq boʻladi.
Xulosa qilib aytmoqchimanki, boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlarni tartibga solish va himoya qilish masalasi sportchilarning shaxsiyatini individuallashtirishga qaratilgan huquqlar alohida eʼtibor qaratilishiga loyiq masaladir. Faoliyatning oʻziga xosligi va oshkoraligini hisobga olgan holda, masalan, sportchining imidjiga boʻlgan huquqni sport musobaqalaridan soʻng qayta tiklanish masalasi juda dolzarb. Biroq, mehnat shartnomasi bunday elementlarni oʻz ichiga olmaydi. Sportchilarning shaxsiy nomulkiy huquqlari kontsepsiyasini yanada oʻrganish, ishlab chiqish, umuman, Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksining umumiy qismida shaxsiy nomulkiy huquqlarni mustahkamlash boʻyicha yana bir qadam boʻlishi mumkin. Sportchilarga hurmat, qadr-qimmat, ism, shaxsiy koʻrinish, tasvir boʻlgan huquqi, dam olishga, ovqatlanishga, oila qurishga, farzand koʻrishga boʻlgan shaxsiy xuquqlarini amalga oshirishni sport shartnomalarida qonuniy tartibga solish lozim
Qibray tumani adliya boʻlimi
FXDYO boʻlimi
2-toifali inspektori
M.Dustnazarova