Янгиликлар
Bugungi kunda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanib, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanib, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
30.04.2023 yildan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 401-moddasiga asosan. O‘n ikki yoshga to‘lmagan bolalarning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) beriladigan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til berilishi belgilangan.
O‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida to‘rt kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ta’til yillik mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta’tildan alohida (to‘liq yoxud qismlarga bo‘lib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi mumkin. Ushbu ta’tilni keyingi ish yiliga ko‘chirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi deb belgilab quyilgan.
Qibray tuman Adliya bo’limi, Yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i
Xolmuxamatov Sarvar Naufal o’g’li