Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Inson huquqlari – oliy qadriyat


Inson huquqlari – oliy qadriyat

 

Qibray tumani adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 5 oyi mobaynida fuqarolar va tadbirkorlik subʼyektlari manfaatini koʻzlab kiritilgan taʼsir choralari natijasida sudlarga 30 dan ziyod daʼvo arizalari kiritilgan. Sudlarga kiritilgan daʼvo arizalarining 98 foizi qanoatlantirilgan. Adliya boʻlimlari tomonidan hal etilgan masalalar qatoriga asosan mehnat huquqlarining buzilishi, pensiyaga oid muammolar, sogʻliqni saqlash sohasidagi qonun normalariga amal qilinishi, yer-mulk sohasidagi muammolar va tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatiga toʻsqinlik boʻlayotgan turli holatlar tashkil qiladi.

Qibray tuman adliya boʻlimida ham jismoniy va yuridik shaxslarni huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha bir ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2023-yilning 18 aprel kuni fuqaro Sh.M. tuman adliya boʻlimiga ariza bilan murojaat qilib, Qibray tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 12-oʻrta taʼlim maktabida kutubxonachi lavozimida ishlayotganligini, unga Qibray tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshimcha haq toʻlanmayotganligi, ushbu toʻlovlarni undirilishida amaliy yordam berishni soʻrab murojaat qildi.

Aniqlanishicha, fuqaro Sh.M. Qibray tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 12-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga
3.09.2020-yildan maktab kutubxonachisi vazifasiga ishga qabul qilingan. Qibray tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan fuqaro Sh.M.ning ish haqiga qoʻshimcha ravishda 2020-2022-yillarda jami 1 503 760 soʻm qoʻshimcha haq toʻlovlari toʻlab berilmagan.

Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 29 sentabrdagi “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 490 sonli qaroriga 1-ilovasining
23 bandida maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlar, oʻrta maxsus va hunar — texnika oʻquv yurtlari kutubxonachilariga yoki boshqa xodimlarga darsliklarning kutubxona fondi bilan shugʻullanganliklari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi. Keyingi har bir 1500 nusxa darsliklar uchun 5 foiz, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10,6 foizi miqdoridan koʻp boʻlmagan qoʻshimcha haq toʻlanishi belgilangan.

Ushbu fuqaro Sh.M.ning murojaati oʻrganib chiqilib, fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudiga daʼvo ariza kiritildi. Ushbu daʼvo ariza sud tomonidan qanoatlantirilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan Qibray tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan 1 503 760 soʻm soʻmlik qoʻshimcha haq toʻlovlari toʻlab berildi.

Zero, Adliya boʻlimlarini tashkil etishdan asosiy maqsad ham huquqni qoʻllash amaliyotini tizimli tahlil qilish va uning izchilligi va bir xilligini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralarni ishlab chiqish, huquqiy normalarning oʻzboshimchalik bilan va notoʻgʻri talqin qilinishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan joylarda davlat organlari va boshqa tashkilotlarga huquqiy maslahatlar berish, shuningdek fuqarolarning huquq va erkinliklari ularning haqiqiy ehtiyojlari bilan bogʻliq holda taʼminlanishiga erishishdan iborat edi. Bu esa hamyurtlarimizning viloyatlar markaziga yuzlab chaqirim yoʻl bosib oʻtirmay, ularning huquqiy muammolarini ortiqcha ovoragarchiliksiz hal etishga imkon berdi. Adliya boʻlimlarining tashkil qilinganligi fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish yoʻlida katta qadam boʻldi deb ayta olamiz. Adliya boʻlimlari tomonidan yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini keng xalq ommasiga tushuntirish boʻyicha koʻplab tadbirlar amalga oshirilayotganligi yuqoridagi soʻzlarimizning dalili hisoblanadi. Bundan tashqari, tuman adliya boʻlimlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtayi nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilayotganligi koʻplab qonun buzilishlarining oldini olmoqda. Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha qonunchilikka berilgan takliflar koʻplab byurakratik toʻsiqlarni oldini olganligni koʻrishimiz mumkin.

Bundan tashqari adliya boʻlimlari tomonidan aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish borasida ham koʻplab targʻibotlar va boshqa amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, adliya boʻlimlari butun faoliyati davomida aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari tiklash boʻyicha koʻplab ishlarni amalga oshirdi.

 

Qibray tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslahatchisi Abdusattorov Jaxongir Jalolovich