Янгиликлар
АLIMENT TАЬQIQINI QАNDАY OChISH MUMKIN?
АLIMENT TАЬQIQINI QАNDАY OChISH MUMKIN?
Аliment toʼlovchi boʼlgan shaxs, chet elga chiqishi uchun quyidagi uchta holatlardan birini amalga oshirgan holda taqiqni bekor qilishlari mumkin:
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida”gi qonunning 40-moddasiga asosan undiruvchining roziligi yaʼni ijroni toʼxtatish haqidagi arizasiga asosan;
Voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlar oldindan toʼlangan yoki aliment toʼlash majburiyatini taʼminlash uchun garov shartnomasi tuzilgan boʼlsa, davlat ijrochisi toʼlov yoki garov shartnomasi toʼgʼrisidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan manfaatdor shaxslarni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qoʼriqlash organlarini qarzdor jismoniy shaxsning Oʼzbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi toʼgʼrisida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining (BXM) 250 baravaridan kam boʼlmasligi lozim (75 mln soʼm). Davlat ijrochisining Oʼzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʼgʼrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish hamda prokuror tomonidan keltirilgan protest asosida taqiq olib tashlanishi mumkin.
Bekobod Shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov