Янгиликлар
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy taʼlimga qabul qilish tartibi belgilandi
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy taʼlimga qabul qilish tartibi belgilandi
“O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va o‘qitish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (143–son, 06.04.2023 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga, magistraturasiga va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomlar tasdiqlandi.
Akademiyada o‘qishga qabul “tergov faoliyati” bakalavriat taʼlim yo‘nalishi (taʼlim olish muddati 3 yil) hamda yurisprudensiyaning boshqa bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladi.
Akademiyaga qabul qilishda hujjat topshirgan abituriyentlarning muayyan toifalariga boshqa OTMga kirish uchun nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
O‘qitish davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi.
“Tergov faoliyati” bo‘yicha bakalavriat bosqichiga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish uchun tanlov qabul yilining 1 fevraligacha (istisno tariqasida, 2023/2024 o‘quv yili uchun – 2023 yil 15 aprelgacha) eʼlon qilinadi.
Shuningdek, Akademiya magistraturasiga qabul “Tergov faoliyati” mutaxassisligi va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘qish muddati, kunduzgi va kechki taʼlim shaklida – 1 yil, sirtqi va masofaviy taʼlim shaklida – 1,5 yildan 2 yilgacha etib belgilanadi.
O‘qishga kirish uchun hujjatlar har yili:
“tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha – 10 maydan 10 iyungacha;
boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha – 10 iyundan 31 iyulgacha qabul qilinadi.
“Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaning kunduzgi shakliga o‘qishga qabul qilingan vakolatli davlat organlari xodimlari, shuningdek boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida magistraturaning kunduzgi shakliga o‘qishga qabul qilingan ichki nomzodlar bepul o‘qitiladi.
Бундан tashqari, Akademiyada oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik shakllarida tashkil etiladi.
O‘zbekiston fuqarolarini oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga qabul qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
bepul tayanch doktorantura va doktorantura shaklida o‘qitish;
bepul va to‘lov-kontrakt asosida mustaqil tadqiqotchilik shaklida o‘qitish.
Hujjatlar Akademiya tomonidan 15 sentyabrdan 15 oktabrgacha qabul qilinadi.
Bekobod shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi Sh.Malikov