Янгиликлар
Ayrim hollarda kadastr pasporti bepul rasmiylashtiriladi
Ayrim hollarda kadastr pasporti bepul rasmiylashtiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga ko’ra : Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish
bepul amalga oshiriladi:
ko‘chmas mulk obʼekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obʼektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
ko‘chmas mulk obʼektining bir qismi begonalashtirilganda obʼektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).
Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Bekobod shahar adliya bo’limi boshlig’i X.Bibayev