Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

XOTIN-QIZLАR UChUN IMTIYoZLI IPOTEKА KREDITI АJRАTISh TАRTIBI QАNDАY?


XOTIN-QIZLАR UChUN IMTIYoZLI IPOTEKА KREDITI АJRАTISh TАRTIBI QАNDАY?

 

Xotin-qizlar uchun imtiyozli ipoteka kredit turi ogʼir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi boʼlgan, kam taʼminlangan, farzand(lar)ini toʼliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga beriladi.

     Davlat dasturi doirasida shaharlardan arzon kvartiralar va qishloq joylaridan bir qavatli uylar ipoteka krediti asosida beriladi.

    Yashash sharoitlariga yaxshilashga muhtoj ayollar uchun kvartiralarni belgilash tuman (shahar) hokimiyatlarida tashkil etilgan hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

     ???? Talabgor quyidagi harakatlarni amalga oshiradi

     ✅ hududiy komissiyaga ariza beradi va unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi;

     ✅ ijobiy qaror qabul qilinganda yozma tavsiya hududiy komissiya tomonidan ariza beruvchiga ikki nusxada beriladi;

     ???? Talabgor injiniring kompaniyasining filialiga ("Qishloq qurilish invest" yoki “Oʼzshahar qurilish invest”) hududiy komissiyaning tavsiyasi va ariza bilan murojaat qiladi. Injiniring kompaniya filiali arizani koʼrib chiqish yakuni boʼyicha talabgor bilan dastlabki kelishuvni tuzadi.

     ???? Talabgor Davlat dasturida ishtirok etayotgan bank filialiga kredit ajratish toʼgʼrisida ariza bilan murojaat qiladi.

     ???? Talabgor tomonidan imtiyozli ipoteka kreditini olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

     ✅ qarz oluvchining (birgalikda qarzdorlarning) pasport nusxasi;

     ✅ oldi sotdi shartnomasi;

     ✅ qarz oluvchining (birgalikda qarzdorlarning) ohirgi 12 oy davomidagi daromadi haqidagi maʼlumotnoma.

Аrizani koʼrib chiqish muddati 15 bank kuni hisoblanadi.

 

Bekobod Shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh        yuristkonsulti:     F.R.Mamatov