Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Milliy gvardiya xodimlarining maʼmuriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqishdagi vakolatlari kengaytirildi


Milliy gvardiya xodimlarining maʼmuriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqishdagi vakolatlari kengaytirildi

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan (O‘RQ-842, 12.05.2023 y) Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi.

Shunga ko‘ra, Milliy gvardiya organlarining xodimlariga mayda bezorilik, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish, voyaga yetmagan shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishga, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilish kabi maʼmuriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish, bayonnomalar tuzish va ularni ko‘rib chiqish uchun sudga yuborish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berildi.

Ushbu Qonun eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Bekobod shahar adliya bo’limi boshlig’i                  X. Bibayev