Янгиликлар
Nodavlat futbol muassasalari uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi aʼzosi bo‘lishi talabi o‘rnatiladi
Nodavlat futbol muassasalari uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi aʼzosi bo‘lishi talabi o‘rnatiladi
"Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi
Қарор bilan futbolni yanada ommalashtirish va rivojlantirishning qo‘shimcha yo‘nalishlari belgilandi.
Qarorga ko‘ra, har yili quyidagilar o‘tkaziladi:
mart-iyun oylarida mahalla yoshlari hamda qizlari o‘rtasida “Ommaviy futbol” dasturi doirasida futbol festivallari;
10 dekabr – Butunjahon futbol kuni munosabati bilan aholi o‘rtasida ommaviy “fleshmob” tadbirlari;
sentabr-may oylarida umumiy o‘rta taʼlim maktablarida “Maktablarda futbol” dasturi doirasida futbol musobaqalari, mahorat saboqlari va festivallari;
sentabr-may oylarida OTMda “Talabalar ligasi” dasturi doirasida 3 bosqichli respublika futbol musobaqalari.
Shuningdek, Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi futbol mahorat maktablari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tasarrufiga o‘tkazilib, futbol akademiyalari sifatida qayta tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida futbol maktablari tashkil qilinadi.
2023 yil 1 iyuldan:
nodavlat futbol muassasalari uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi aʼzosi bo‘lishi talabi o‘rnatiladi;
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan nodavlat futbol muassasalarining reytingi yuritiladi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.
2023/2024 o‘quv yiligacha xalqaro tajriba asosida O‘zbekistonda futbolchilarni tayyorlash modeli ishlab chiqiladi.
Bekobod shahar DXM direktori M.Nurmatov