Янгиликлар
Manzil-maʼlumot axborotlarini olish tartibini bilasizmi?
Manzil-maʼlumot axborotlarini olish tartibini bilasizmi?
Manzil-maʼlumot axborotlari - fuqaroning doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlardir. Bu axborotlarni olish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Soʻrovnoma toʻldirilgach, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, vakolatli organ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari)ga yuboriladi. Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 1 ish kunida QR-kod qoʻyilgan manzil-maʼlumot axborotni rasmiylashtiradi hamda uni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli manzil-maʼlumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-maʼlumot axborotlari berilmaydi. Davlat xizmatlari soxasida amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishiga va ularning qonuniy manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga xizmat qiladi.
***********
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi mutaxassisi M.Maxmudov