Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Ijara shartnomalarini hisobga qoʼyishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmasligi to`g`risida


Ijara shartnomalarini hisobga qoʼyishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmasligi to`g`risida

 

Koʼchmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qoʼyish mumkin.

Ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan «Talabalar ijarasi» boʼlimini tanlab «Ijaraga oluvchi talaba toʼgʼrisida maʼlumot» oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning maʼlumotlari (F.I.O, taʼlim olayotgan oʼquv yurti, fakulteti, taʼlim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy roʼyxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi. Keyingi jarayonda «Qoʼshish» tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

Soʼngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi. “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning «Ijaraga berish» undan soʼng “Talabalar uchun ijara shartnoma” boʼlimi orqali talabalar bilan tuzilgan koʼchmas mulk ijara shartnomalari hisobga qoʼyiladi. Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlanishi mumkin. Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qoʼyilganda ushbu maʼlumotlar Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara toʼlovining bir qismini qoplab berishda oliy oʼquv yurtlariga qulaylik yaratadi.

Davlat xizmatlari soxasida amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishiga va ularning qonuniy manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga xizmat qiladi.

 

***********

Chinoz tuman adliya bo’limi

                                                                            davlat xizmatlari markazi                                           mutaxassisi M.Maxmudov