Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Pensiyaga chiqish uchun arxiv ma’lumotnomasini olish


Pensiyaga chiqish uchun arxiv ma’lumotnomasini olish

 

Ma’lumki so‘ngi vaqtlarda davlat xizmatlari markazlari jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda. Mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik tizmi o‘rnatilib, idoralararo axborot almashuvi infratuzilmasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida elektron hujjat aylanishi tartibi joriy qilindi va takomillashtirildi. Shu bilan birga davlat xizmatlari soni ham ko‘paymoqda, bu esa o‘z-o‘zidan davlat xizmatlari markazlarida navbatlarning ko‘payishiga olib keladi. Endilikda, penchiyaga chiqish uchun ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini uydan turib olish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 avgustdagi 495-son qarori bilan “Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini berish” bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Reglamentga muvofiq, jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari ma’lum tashkilotda ishlagan davridagi ish haqiga oid va ishlaganligi to‘g‘risidagi ish stajiga oid ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga borib ariza topshiradi yoki xizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tadi. Ariza beruvchi so‘rovnomani o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi. So‘rovnoma to‘ldirish uchun arizachining pasporti hamda mehnat daftarchasi zarur bo‘ladi.

Davlat arxivi so‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnoma uchun 5 ish kunidan, ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnoma uchun 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli ma’lumotnoma shakllantiradi hamda Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yuboradi. Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan ma’lumotlarni sir saqlanishini ta’minlaydi. Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

Bundan tashqari, davlat xizmatlari ko‘rsatishda fuqarolardan talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni qisqartirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilib, kelgusida bu kabi davlat xizmatlari ko‘rsatish tartiblari soddalashtirib boriladi. Xulosa qilib aytganda Davlat xizmatlari soxasida amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishiga va ularning qonuniy manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga xizmat qiladi.

 

***********

Chinoz tuman adliya bo’limi

                                                                            davlat xizmatlari markazi                                           direktori v.v.b S.Ismoilov