Янгиликлар
Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari fuqarolarga yordam rejimiga oʻtkazildi
Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari fuqarolarga yordam rejimiga oʻtkazildi.
Soʻnggi kunlarda yurtimizda kuzatilayotgan anomal sovuq va uning oqibatlarini yengillatish uchun Respublikamizdagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarning ogʻirini imkon qadar yengillatish maqsadida qator qulayliklar joriy etildi .
Fuqarolar biron bir ish bilan DXM yaqinida tashqarida turib qolsalar – hatto DXMlarda ishi bo`lmasa xam – ichkariga kirib isinib olishlari mumkin, ularga bir piyola issiq choy, shinam kutish zallari hozir.Barcha DXM larga tashrif buyurayotgan (Toshkent shahri mustasno) pensioner, nogiron, yosh bolali fuqarolarni xizmat avtomashinasi Damaslarda zarur hollarda avtobuslar bekati, shahar yoki tuman markazi, uyiga qadar yetkazib qoʻyish toʻgʻrisida rahbariyat tomonidan topshiriq berildi. Barcha DXMlar energiyatejamkor rejimda ishlamoqda, kunduz kuni chiroqlar yoqilmaydi, faqat kompyuter va fuqarolarga maʼlumot beruvchi tablolar ishlaydi.
Shuningdek, davlat xizmatlarini koʻchaga chiqmay, uydan turib olish imkoniyatlari ham yana bir bor eslatiladi, my.gov.uz, license.gov.uz hamda new.birdarcha.uz portallari orqali uydan chiqmagan holda elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin.
Davlat xizmatlari markazlari fuqarolarga imkon qadar mehr va iliqlik ulashish niyatida harakat qilmoqda
***********
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi direktori v.v.b S.Ismoilov