Янгиликлар
Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lanadigan yig‘im miqdori qanchaligi to`g`risida
Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lanadigan yig‘im miqdori qanchaligi to`g`risida
Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar joy ko‘chmas mulk obyektlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari
Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 101 kvadrat metrdan 300 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar joy ko‘chmas mulk obyektlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 baravari, Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 301 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan turar joy ko‘chmas mulk obyektlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari, Yuridik shaxslarning turar joy ko‘chmas mulk obyektlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari, Jismoniy shaxslarning noturar joy ko‘chmas mulk obyektlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari, Yuridik shaxslarning noturar joy ko‘chmas mulk obyektlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari, Jismoniy shaxslarning yakka tartibda turar joy qurish uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari, Jismoniy shaxslarning noturar joy obyektlari uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari, Yuridik shaxslarga berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Davlat xizmatlari soxasida amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishiga va ularning qonuniy manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga xizmat qiladi.
***********
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi direktori v.v.b S.Ismoilov