Янгиликлар
Respublikada qoʻshimcha 2 ta gaz oʻlchash stansiyasi quriladi
Respublikada qoʻshimcha 2 ta gaz oʻlchash stansiyasi quriladi
“Tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni qazib chiqarish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish hisobini yuritish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–157-son, 12.05.2023-y.) qabul qilindi
Qarorga koʻra, 2023-yil 1-iyulgacha barcha tabiiy gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga onlayn elektron hisoblagichlar oʻrnatiladi.
Mazkur hisoblagichlar soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinib, yagona avtomatlashtirilgan tabiiy gaz harakati tizimi joriy etiladi.
2023-yil 1-oktyabrdan Oʻzbekistondan tabiiy gazni quvurlar orqali tashiydigan korxonalarning gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga xromatograf hamda elektron hisoblagichlar oʻrnatilishi majburiy hisoblanadi.
2023-yil 1-iyulgacha tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi shartnomalarga oid maʼlumotlarni kiritish uchun axborot tizimi joriy etiladi.
2023-yil 1-oktyabrdan:
▫️tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi shartnomalarga oid maʼlumotlar Soliq qoʻmitasining axborot tizimiga kiritib boriladi;
▫️mazkur shartnomalar yuzasidan elektron hisobvaraq-fakturalar Soliq qoʻmitasining axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
2024-yil 1-oktyabrgacha respublikada qoʻshimcha 2 ta gaz oʻlchash stansiyasi quriladi.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti
D.Nurullayev