Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Oilaviy tadbirkorlik uchun 14 foizdan kredit beriladi


Oilaviy tadbirkorlik uchun 14 foizdan kredit beriladi

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar yillik 14 foizda quyidagilar uchun ajratiladi:

oilaviy tadbirkorlik, daromad topish va faoliyatini kengaytirish uchun aholi va tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

chorvachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, “dala doʻkonlari” qurish va koʻchma muzlatkichlarni oʻrnatish uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilga;

bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilik, issiqxona qurish, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish uchun, artezian quduqlarini qazish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha;

oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni taʼmirlash uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha;

“Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish uchun – 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 18 oygacha.

Mazkur kreditlar “Agrobank” ATB, AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” orqali ajratiladi.

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

D.Nurullayev