Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Ayrim transportlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi vaqtincha talab etilmaydi


Ayrim transportlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi vaqtincha talab etilmaydi

 

“Tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–153-son, 11.05.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, quyidagilarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi boʻlishi shartligi toʻgʻrisidagi talab 2024-yil 1-yanvargacha toʻxtatib turiladi:

eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 sm kubdan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega boʻlgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam boʻlgan elektr dvigatelli ikki yoki uch gʻildirakli transport vositalarini;

shu jumladan xuddi shunday tavsiflarga ega boʻlgan moped, kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, skuter hamda yoʻlning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalarni.

Bunda, ushbu transport vositalarida harakatlanayotgan shaxslar motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarur.

Shuningdek, buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno) oʻzini oʻzi band qilish faoliyat turiga kiritildi (ilgari shaxsiy transportdan foydalanib, jismoniy shaxslarga tovarlarni yetkazib berish oʻzini oʻzi band qilish faoliyat turi hisoblangan).

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

D.Nurullayev