Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga qaratilgan loyihalar uchun tadbirkorlarga davlat granti ajratiladi


Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga qaratilgan loyihalar uchun tadbirkorlarga davlat granti ajratiladi

Qonunchilikka koʻra, Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etilishi belgilangan.

Markazlarda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida bandligi taʼminlanadigan har bir nafar ishsiz xotin-qiz uchun tadbirkorlarga 3 million soʻmgacha davlat granti ajratiladi.

Davlat granti quyidagi toifadagi xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitish, ularning bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga koʻmaklashishga qaratilgan loyihalar uchun ajratiladi:

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan;

▫️ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shugʻullanayotgan;

▫️xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan;

▫️nogironligi boʻlgan mehnatga layoqatli ishsiz;

▫️norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shugʻullanib, daromad topayotgan;

▫️odam savdosidan hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushib qolgan;

▫️umumiy oʻrta va professional taʼlim muassasalarini tugatgan, OTMga oʻqishga kira olmagan yoki oliy taʼlimda oʻqish uchun imkoniyati boʻlmagan ishsiz xotin-qizlar;

▫️muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik roʻyxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

D.Nurullayev