Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

05.10.2020-yildagi OʻRQ-640-son Qonun bilan “koʻp bolali oila” atamasining yagona tushunchasi kiritilmoqda, ayrim imtiyozlar va kafolatlar aniqlashtirilmoqda.


05.10.2020-yildagi OʻRQ-640-son Qonun bilan “koʻp bolali oila” atamasining yagona tushunchasi kiritilmoqda, ayrim imtiyozlar va kafolatlar aniqlashtirilmoqda.

 

Hozirgi vaqtga qadar “koʻp bolali oila” atamasi turli normativ hujjatlarda turlicha talqin qilinardi. Shu tufayli huquqni qoʻllash amaliyotida birxillik mavjud emasdi, ijtimoiy adolat tamoyili buzilardi.

Nihoyat, Oila kodeksida yagona tushuncha berildi: toʻrt nafar va undan ortiq 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan oila koʻp bolali oila hisoblanadi. Bunda, agar ulardan bir nafari yoki undan koʻprogʻi taʻlimning kunduzgi shaklida oʻrta maxsus va kasb-hunar yoki oliy taʻlim olsa, oila koʻp oilali maqomni talaba bolalar 22 yoshga toʻlgunga qadar saqlab qoladi.

Davlat koʻp bolali oilalarga turli imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini taʻminlaydi. Xususan:

koʻp bolali oilalarning ota-onalariga ishga joylashishda kafolatlar nazarda tutilgan (SKning 68-moddasi), sababi ular mehnat bozorida qolganlar bilan raqobatlashishga qodir emaslar;

boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar (ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan, tahr.) jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod etiladi (SKning 436-moddasi 1-qismi 5-bandi).

Eslatib oʻtamiz, hozirgi vaqtda soliq solish maqsadida 16 yoshga toʻlmagan 5 va undan ortiq bolalari boʻlgan oila koʻp bolali oila deb eʻtirof etiladi - yil yakuniga shunday qoladi. Biroq 2021-yildan boshlab koʻp oilalik maqomi Oila kodeksida belgilangan yangi mezonlar boʻyicha aniqlanadi. Imtiyozlarni ilgarigidek Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining maʻlumotnomasi asosida olish mumkin.

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti

J.Muhammadiev