Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

18 yoshgacha boʻlgan shaxslarga 30 kalendar kun taʼtil beriladi


18 yoshgacha boʻlgan shaxslarga 30 kalendar kun taʼtil beriladi

 

Har yilgi asosiy eng kam mehnat taʼtilining davomiyligi 21 kalendar kunni tashkil etadi.

Quyidagilarga yoshi va sogʻligʻining holati hisobga olingan holda har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtil beriladi:

18 yoshgacha boʻlgan shaxslarga – 30 kalendar kun;

I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlarga – 30 kalendar kun.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi 27 kalendar kun boʻlgan har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtil beriladi.

Bundan davlat xodimlarining ayrim toifalari uchun qonunda har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtilning uzoqroq davomiyligi belgilangan hollar mustasno.

Har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtillar ayrim toifadagi xodimlar uchun ham ular mehnat vazifalarining oʻziga xos jihatlari va xususiyatlariga hamda boshqa holatlarga qarab belgilanadi. Bunday taʼtillar olish huquqiga ega boʻlgan xodimlarning roʻyxati va ushbu taʼtillarning davomiyligi qonunchilikda belgilanadi.

Qonunchilikda belgilanganidan tashqari, har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtillar berish, shuningdek har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtilning davomiyligini uning qonunchilik bilan kafolatlangan davomiyligiga nisbatan koʻpaytirish jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilishi mumkin.

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti

M.Nunnazarov.