Янгиликлар
Cportchilar uchun antidoping taʼlim elektron platformasi yaratiladi
Cportchilar uchun antidoping taʼlim elektron
platformasi yaratiladi
“Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–149-son, 08.05.2023-y.) qabul qilindi
Qarorga koʻra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi etib qayta tashkil qilindi.
Milliy antidoping agentligi, jumladan:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organi maqomiga ega boʻlib, oʻz faoliyatida Prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir;
Butunjahon antidoping agentligining talablari va qoidalari bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi hamda tezkor joriy etadi.
Qarorga muvofiq, vazirlik va idoralarda yagona mehnatga haq toʻlash tizimi joriy qilingunga qadar 2023-yil 15-maydan Milliy antidoping agentligi xodimlariga quyidagi miqdorda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
▫️1 yildan 3 yilgacha – 0,3;
▫️3 yildan 5 yilgacha – 0,6;
▫️5 yildan 10 yilgacha – 0,8;
▫️10 yildan 15 yilgacha – 1;
▫️15 yildan 20 yilgacha – 1,2;
▫️20 yildan yuqori – 1,5.
Respublikada va xorijda oʻtkaziladigan musobaqalarda doping-sinamalar olish huquqiga ega boʻlgan xalqaro toifadagi doping ofitserlarni Xalqaro test agentligida (International Testing Agency) oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, antidoping nazorati va monitoringi sohalari raqamlashtiriladi. Bunda:
doping-test va doping nazoratini tashkil qilish, sportchilar haqida maʼlumotlarni toʻplash va saqlashga oid sportchining “biologik pasporti” (ABP) onlayn tizimi joriy etiladi;
sportchilar uchun antidoping taʼlim elektron platformasi yaratiladi;
bosqichma-bosqich Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasi joriy etiladi.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti
M.Nunnazarov.