Янгиликлар
Toshkent shahri uchun alohida propiska tizimi bekor qilinadi
Toshkent shahri uchun alohida propiska tizimi bekor qilinadi
“Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi
Farmonga koʻra:
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimi joriy etiladi;
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi qonun bekor qilinadi;
2024-yil 1-yanvardan maʼmuriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlardan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etiladi;
2023-yil 1-avgustdan soliq toʻlovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yoʻnaltiriladigan toʻlovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Ushbu tartib taʼlimning barcha bosqichlari — maktabgacha, maktab va oliy taʼlim tizimiga joriy etiladi;
2023-yil 1-iyundan chakana savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining faoliyat koʻrsatish vaqtiga nisbatan cheklovlar bekor qilinadi.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti
A.Teshaboyev