Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila aʼzolariga moddiy yordam beriladi


Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila aʼzolariga moddiy yordam beriladi

Qonunchilikka koʻra, har yili hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan:

boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan oilalarga BHMning 2 baravari (660 ming soʻm) miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi;

mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 650 ming soʻm) miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi;

mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekistonda ular bilan birga yashovchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yoʻllanma beriladi.

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

A.Teshaboyev