Янгиликлар
Hukumat qarori (171-son, 29.04.2023) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.
Hukumat qarori (171-son, 29.04.2023) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.
Nizomga koʻra, jumladan, quyidagilar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining (FVDT) asosiy vazifalari hisoblanadi:
respublikada roʻy berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni hamda tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish.
Prognoz qilingan yoki roʻy bergan favqulodda vaziyatning koʻlami va holatiga qarab FVDT muayyan hududda quyidagi rejimlardan birida faoliyat yuritadi:
kundalik rejim – muayyan hududda, obyektda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi mavjud boʻlmaganda;
yuqori tayyorgarlik rejimi – favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi mavjud boʻlganda;
favqulodda vaziyat rejimi – favqulodda vaziyatlar roʻy berganda va favqulodda vaziyatlar davrida.
FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlari roʻy bergan favqulodda vaziyatning turiga qarab Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining, shuningdek tegishli obyektlar rahbarlarining qarorlari bilan joriy etiladi.
Favqulodda vaziyat rejimida jabrlangan aholiga moddiy yordam koʻrsatish, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish boʻyicha tadbirlar amalga oshiriladi.
Chinoz tumani adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
markazi boshligʻi
R.Galiyev