Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 60 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak


Davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 60 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak

“Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–836-son, 29.04.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi

Qonun bilan davlat organlarining davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatlari belgilandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.

Qonunga koʻra, davlat qarzini boshqarish quyidagilardan iborat:

▫️davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish;

▫️davlat tomonidan mablagʻ jalb etish;

▫️davlat tomonidan jalb qilingan mablagʻlarni boshqarish;

▫️davlat qarzi bilan bogʻliq xatarlarni boshqarish;

▫️davlat qarzini restrukturizatsiya qilish;

▫️davlat tomonidan jalb qilingan mablagʻlarni qaytadan kreditlash;

▫️davlat kafolatini rasmiylashtirish va taqdim etish;

▫️davlat qarziga oid shartnomalarni va davlat kafolatlarining roʻyxatini yuritish;

▫️davlat qarzining hisobi va hisobotini yuritish;

▫️davlat qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatilishini taʼminlash va davlat kafolatlarini bajarish.

Shunga koʻra, davlat qarzini boshqarish strategiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan fiskal strategiya bilan birgalikda 3 yil muddatga tasdiqlanadi.

Davlat qarzi ichki va tashqi qarzni oʻz ichiga oladi hamda qisqa (1 yilgacha), oʻrta (1 yildan 5 yilgacha), uzoq muddatli (5 yil va undan ortiq muddatga) boʻlishi mumkin.

Davlat qarzining eng yuqori miqdori yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerak.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Chinoz tumani adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

markazi boshligʻi

R.Galiyev