Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi


Yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi

"Keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident qarori (PQ–92-son, 11.03.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2023-yil 1-apreldan “Nuroniy” jamgʻarmasiga davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etiladi.

“Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyiliga muvofiq yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi.

“Nuroniy har bir oilaga masʼul” loyihasi asosida muammoli oilalarning har biriga “Keksalar maslahati” guruhlarining bir nafardan aʼzolari biriktiriladi.

“Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyili hamda “Nuroniy har bir oilaga masʼul” loyihasi asosida faoliyat olib borgan va ijobiy natijalarga erishgan nuroniylarni “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirib borish tizimi joriy etiladi.

Mahallalarda faoliyat yuritayotgan “Keksalar maslahati” guruhlari rahbarlari har chorakda BHMning 2 baravari (600 ming soʻm) miqdorida ragʻbatlantirib boriladi.

 

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

D.Nurullayev