Янгиликлар
Bayram kunlari xodimlarni ishlatish man etiladi
Bayram kunlari xodimlarni ishlatish man etiladi
Xodimlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlari ish beruvchining farmoyishi boʻyicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, – ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.
Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga koʻra ishni toʻxtatib turish mumkin boʻlmagan joylarda, aholiga xizmat koʻrsatish zarurati boʻlgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib boʻlmaydigan taʼmirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yoʻl qoʻyiladi.
Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti
M.Nunnazarov.