Янгиликлар
Tadbirkorlik faoliyatida toʻsiqlarga duch kelyapsizmi? b-advice.uz portaliga murojaat qiling!
Tadbirkorlik faoliyatida toʻsiqlarga duch kelyapsizmi?
b-advice.uz portaliga murojaat qiling!
Adliya vazirligi tomonidan aholining tadbirkorlik faoliyatiga har tomonlama koʻmak berishga moʻljallangan “Biznesga maslahat” (b-advice.uz) interfaol axborot portali ishlab chiqilgan.
Mazkur portalni yaratishda Buyuk Britaniya, Singapur, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasi oʻrganilgan.
Mazkur portal orqali quyidagi masalalar boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlish mumkin:
▫️tadbirkorlikka oid qonunchilik hujjatlari va yangiliklar;
▫️biznesni boshlash va yuritish tartib-taomillari;
▫️litsenziyalash va ruxsatnoma olish tartiblari;
▫️soliq, bank va bojxona organlarining tadbirkorlik bilan bogʻliq xizmatlari;
▫️kredit va ssuda olish tartiblari.
Shuningdek, portal orqali tadbirkorlarning onlayn murojaatlari qabul qilinadi.
Tadbirkorlik faoliyatingizni b-advice.uz portali bilan yanada rivojlantiring!
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti
M.Nunnazarov.