Янгиликлар
Taʼlim sifatini oshirish maqsadida:
Taʼlim sifatini oshirish maqsadida:
2023-yil 1-sentyabrdan har bir tuman (shahar)dagi bittadan maktabda oʻquvchilarni 2 ta xorijiy til va bitta kasb-hunarga oʻrgatish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
2023/2024 oʻquv yilidan:
▫️respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlangʻich sinf oʻquvchilari bepul ovqat bilan taʼminlanadi;
▫️davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual taʼlim shakli boʻyicha ham ajratiladi;
2023-yil 1-apreldan yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini koʻp kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni taʼmirlash hamda jihozlash orqali tashkil etishga ruxsat etiladi;
Aholini sifatli tibbiy xizmatlar bilan taʼminlash maqsadida:
2023-yilda 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 520 tagacha ixcham mahalla tibbiyot punktlari tashkil etiladi;
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalarni berish bosqichma-bosqich elektron shaklga oʻtkaziladi (2024-yil 1-yanvardan ushbu maʼlumotnomalarni qogʻoz shaklda talab qilish taqiqlanadi);
2023-yil 1-iyuldan Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etiladi;
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida:
2023-yil 1-apreldan Toshkent va Nukus shaharlarida, viloyatlar va tumanlar markazlarida transportlar harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 60 kilometrgacha tushiriladi;
2023-yil 1-dekabrdan transport vositasi egasiga transportni boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxs bilan birgalikda tegishli hujjatni (ishonchnoma va boshqalar) taqdim etgan holda, davlat YHX xizmati organlarini transportni boshqarish huquqini oʻtkazganligi haqida xabardor qilish huquqi beriladi.
Bunda, xabarnoma olingan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan YHX xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda ushbu transportda sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.
Shuningdek, 2023-yil 1-iyuldan tadbirkorlarga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy oʻrnatiladi.
Chinoz tumani adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
markazi boshligʻi
R.Galiyev