Янгиликлар
Oʻz vaqtida olinmagan pensiyani toʻlash muddati uzaytiriladi
Oʻz vaqtida olinmagan pensiyani toʻlash muddati uzaytiriladi
Prezident farmoni bilan 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi
Davlat dasturiga koʻra, 2023-yil 1-iyuldan:
barcha davlat organlari va tashkilotlarida “Aholi va tadbirkorlarga servis sifatini oshirish” chora-tadbirlari belgilanadi;
DXM orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni 300 taga, YAIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladigan xizmatlar soni esa 570 taga yetkaziladi;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi boʻlgan shaxslar, ogʻir bemorlar, keksalar va boshqalar)ga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlari doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyiga chiqish orqali koʻrsatilgan xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi;
elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari proaktiv tarzda (fuqaro murojaatini kutmasdan, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning oʻz tashabbusi bilan) koʻrsatiladi.
2023-yil 1-sentyabrdan aholi va tadbirkorlarga subsidiya ajratish bilan bogʻliq barcha xizmatlar bosqichma-bosqich “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratishning yagona elektron platforma”siga oʻtkaziladi.
2024-yil 1-yanvardan pensionerga hisoblangan, lekin oʻz vaqtida olinmagan pensiyani toʻlash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytiriladi.
2023-yil 1-apreldan nogironlik idoralararo elektron maʼlumotlar almashinuvi asosida nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlarda fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi.
Dasturga koʻra, 2023-yilda:
▫️ “Yangi Oʻzbekiston” massivlari va 161 ta boshqa massivlarda yangi uy-joylar qurishning yillik hajmlari 90 mingga yetkaziladi;
▫️ aholini bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari orqali mulk huquqi asosida Toshkent viloyatida tajriba-sinov tariqasida “Mening birinchi uyim” dasturi ishlab chiqilib, amalga oshiriladi.
Chinoz tumani adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
markazi boshligʻi
R.Galiyev