Янгиликлар
Nogironligi boʻlgan shaxslarga berilgan imtiyozlarning yagona roʻyxati shakllantiriladi
Nogironligi boʻlgan shaxslarga berilgan imtiyozlarning
yagona roʻyxati shakllantiriladi
Qarorga koʻra, 2023-yil 1-iyungacha nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchilarga berilgan imtiyozlarning yagona roʻyxati shakllantiriladi.
Mazkur roʻyxat “Advice.uz” huquqiy portaliga joylashtiriladi.
2023/2024 oʻquv yilidan “Maxsus pedagogika, defektologiya” yoʻnalishida magistratura uchun toʻliq davlat granti beriladi.
2023/2024 oʻquv yilida:
abituriyentlar uchun moʻljallangan qabul tartibiga oid maʼlumotlar nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay formatda boʻladi;
▫️bunda videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etiladi.
Oʻqiyotgan nogironligi boʻlgan talabalarga taʼlim jarayonida koʻmaklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga boʻlish uchun sharoit yaratiladi.
Joriy yilda Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari robotlashtirilgan lokomat majmuasi va boshqa zamonaviy reabilitatsiya uskunalari bilan taʼminlanadi.
Chinoz tumani adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
markazi boshligʻi
R.Galiyev