Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi


Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi

“Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–22-son, 26.01.2023-y.) qabul qilindi

Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:

▫️Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti;

▫️Institut huzurida Agrobiznes subyektlari salohiyatini oshirish markazi – Capacity Building Center;

▫️Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi Qoʻqon oziq-ovqat sanoati va xizmat koʻrsatish texnikumi.

Institutning asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida kichik va oʻrta biznes uchun raqobatbardosh texnologiyalar, jarayonlar va tarmoqlarni rivojlantiradigan mukammal texnologlar, yetuk kadrlar va biznes rahbarlarini tayyorlash hisoblanadi.

Institutda oʻqitish ingliz, rus va oʻzbek tillarida hamda kunduzgi, sirtqi va masofaviy taʼlim shakllarida amalga oshiriladi.

2024/2025 oʻquv yilidan Institutda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha dual taʼlim tizimi joriy qilinadi.

2024-yil 1-yanvardan Institutning ilmiy salohiyatini oshirish uchun oziq-ovqat sanoati va uni qayta ishlash boʻyicha ilmiy pedagogik kadrlar (tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Institutga sohaga mos boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali 2-kursdan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

 

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

A.Teshaboyev